Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada qonuniy ishlash uchun talab etiladigan rus tili sertifikatini O‘zbekistonda olish mumkin bo‘ladi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati rahbari Ortiqxo‘ja Norov AOKAdagi brifingda fuqarolardan kelib tushgan savollarga javob berdi.
Murojaatlardan birida Rossiya hududida ishlash huquqini beruvchi patent olish uchun rus tilini bilish talab etilishi sababli bugungi pandemiya sharoitida rus tilini masofadan o‘rganish va tegishli sertifikatni olish imkoniyati bor-yo‘qligi haqida so‘ralgan.
«Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi yurtdoshlarimizning rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti bilan hamkorlik kelishuvini imzolagan.
Universitet pandemiya sababli e'lon qilingan karantin cheklovlari tugatilganidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun rus tili, Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi va tarixi bo‘yicha masofadan o‘qitishni boshlaydi.
Demak, fuqarolar o‘z uylaridan turib bilim olishi va mazkur universitet sertifikatiga ega bo‘lishi mumkin.
O‘qish istagidagi fuqarolar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va uning hududiy filiallariga murojaat qilishlari mumkin», – dedi agentlik axborot xizmati rahbari.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025