Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karantindan voz kechgan Shvetsiyada o‘lim darajasi 150 yillik antirekordni yangiladi
Koronavirusga qarshi kurash doirasida karantin joriy qilishdan voz kechgan Shvetsiyada o‘lim darajasi juda yuqori bo‘ldi.
2020 yilning dastlabki 6 oyida mamlakatda 51405 kishi vafot etgan. Bu 150 yillik antirekordning yangilanganini anglatadi.
Daily Mail nashri ma'lumotiga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan beri xavfli virusni 85 mingdan ortiq odam yuqtirib olgan, ulardan 5,8 mingdan ortig‘i vafot etgan.
Davlat statistika boshqarmasi (SCB) xabariga ko‘ra, Shvetsiyada aholining o‘sish darajasi so‘nggi 15 yildagi eng past natijani ko‘rsatgan. Bu o‘lim darajasining yuqori ekani bilan izohlanmoqda. Bundan tashqari, nikohlar soni so‘nggi 20 yildagi eng past natijani, ajralishlar soni esa so‘nggi 13 yildagi eng yuqori natijani ko‘rsatgan.
Iyul oyining oxirida Shvetsiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni kamaya boshladi. Yevropaning boshqa mamlakatlarida esa aksincha, bemorlar miqdori oshgan edi.
Koronavirus pandemiyasi tufayli qattiq karantin cheklovlarini joriy qilgan Yevropaning ko‘plab davlatlaridan farq qilgan holda, Shvetsiya boshqa yo‘ldan bordi. Umumiy taqiqlar bo‘lmadi, ijtimoiy masofani saqlash va o‘zini yakkalash tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘ldi. Jon Hopkins Universiteti ma'lumotiga ko‘ra, bu boshqa mamlakatlarga nisbatan o‘lim darajasining yuqori bo‘lishiga olib keldi.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025