Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xonobod 86 davlat ijrochilari keladigan xalqaro milliy estrada festivali o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda
Andijon viloyatida ichki va tashqi turizmni rivojlantirish maqsadida Xonobod shahrida milliy estrada ijrochiligi bo‘yicha xalqaro festival o‘tkaziladi. Mazkur festivalga dunyoning 86 mamlakatidan milliy estrada xonandalarini taklif etish rejalashtirilgan. Ayni kunlarda Xonobodda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
“2021 yilning bahorida o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur festival ichki va tashqi turizmni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuni inobatga olib, festivalga puxta tayyorgarlik ko‘riladi. Madaniyat vazirligidan vakillar kelib, sahnalar o‘rnatiladigan joylarni tanlab ketishgan. Hozirda sahnalarni barpo etish, shu bilan birga mehmonlar joylashtiriladigan binolarda havas qilsa arzigulik shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Shuningdek, tomoshabinlar miriqib hordiq chiqarishlari uchun barcha qulayliklar yaratiladi”, dedi viloyat hokimligi vakili biz bilan suhbatda.
Mavzuga oid
23:27 / 12.05.2025
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi
07:30 / 08.06.2024
Elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro davlatga 126 mln so‘m zarar yetkazdi
08:50 / 22.03.2024
Andijon - Xonobod - Andijon yo‘nalishida shaharlararo poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi
17:57 / 20.03.2021