Elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro davlatga 126 mln so‘m zarar yetkazdi
Andijon viloyati Xonobod shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqda prokuratura departamenti xabar berdi.

Foto: Prokuratura departamenti
Holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xonobod shahar bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.
Fuqaro U.X. avtomobillarni yuvish shoxobchasini tashkil etib, umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga yashirincha ulanib, jami 126 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

09:14 / 05.04.2025
Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi 1 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qildi

08:24 / 26.03.2025
O‘zbekistonda birinchi raqamli elektr stansiyasi qurilishi yakunlandi

16:13 / 14.03.2025
Tadbirkorlarga elektr va gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi

09:40 / 06.03.2025