Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazor tumanida yuz bergan pichoqbozlik holati haqida rasmiy ma'lumot berildi
Olmazor tumanida sodir etilgan tan jarohati yetkazish holati bo‘yicha tezkor xabar berildi.
2020 yil 29 avgust kuni soat taxminan 19:00larda, 22 yoshli Hikmatullo M. o‘zining to‘rt nafar tanishlari bilan Olmazor tumani Ochil Bobojonov ko‘chasidagi kafelardan birida o‘tirgan.
Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, shu vaqtda u tanishi 24 yoshli Temur P. bilan o‘zaro gap talashib qolgan. So‘ng ko‘chaga chiqib ko‘p qavatli uylarning oldida og‘zaki mojaroni hal qilmoqchi bo‘lgan vaqtida Hikmatullo M. o‘zining yonida bo‘lgan pichoq bilan tanishi Temur P.ga tan jarohatlari yetkazgan.
Natijada, Temur P. olgan tan jarohatlari bilan 1-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan. O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra Temur P.ga og‘ir tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan Olmazor tumani IIO FMB Tergov bo‘linmasi tomonidan Hikmatullo M.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi bo‘yicha Hikmatullo M. O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 2-qismi “ye” bandi (bezorilik oqibatida qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan.
Qayd etilishicha, hozirda unga nisbatan ehtiyot chorasini tanlash masalasi hal qilinmoqda.
Mavzuga oid
19:49 / 19.05.2025
«Talabalar festivali» o‘tkazilishi sabab Olmazor tumanidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi
09:14 / 27.04.2025
Toshkentda yigit o‘ziga tanish qizni kaltakladi, maktablardan birida esa ikki o‘quvchi janjallashdi
08:44 / 08.04.2025
Olmazor tumanida do‘kon yonib ketdi
17:01 / 28.03.2025