AQSh bojxonasi OnePlus quloqchinlarini soxta AirPods deb hisobladi
Bojxonachilar xabariga OnePlus rasmiy akkaunti izoh berib, quloqchinlarni musodara qilmaslikni so‘radi.

Foto: OnePlus
Amerika bojxona xizmati soxta AirPods quloqchinlari to‘xtatib qolingani haqida xabar qilgach, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va jurnalistlar ularning OnePlus quloqchinlari ekanligiga e'tibor qaratishdi.
«Bu Apple emas» degan yozuv ostidagi xabar AQSh bojxona va chegara nazorati (CBP) xizmatining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e'lon qilingandi. Bojxonachilar musodara qilingan mahsulotlar Jon Kennedi nomidagi aeroportda musodara qilinganini ma'lum qilib, ularning fotosuratlarini namoyish etgandi.
Ma'lumot berilishicha, 2000 dona quloqchindan iborat yuk Hongkongdan Nevadaga jo‘natilgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va jurnalistlar suratlardagi aksessuarlar soxta quloqchinlar emas, balki haqiqiy OnePlus Buds quloqchinlari ekanligiga e'tibor qaratishdi.
Bojxonachilar xabariga OnePlus rasmiy akkaunti ham izoh berib, quloqchinlarni musodara qilmaslikni so‘radi.
OnePlus Buds simsiz quloqchinlari iyul oxirida taqdim etilgandi. Ularning narxi 79 dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid

20:55 / 14.03.2025
Bloomberg: AirPods quloqchinlari suhbatni real vaqtda boshqa tilga tarjima qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi

16:57 / 03.10.2024
AQShda AirPods quloqchinlari o‘g‘irlangan Ferrari’ni topishga yordam berdi

23:57 / 09.09.2024
Apple yangi AirPods quloqchinlarini taqdim qildi

21:32 / 22.12.2020