Jahon | 12:55 / 16.09.2020
8111
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyo hali koronavirus pandemiyasining boshida turibdi - JSST

Foto: AP

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining koronavirus bo‘yicha maxsus vakili Devid Nabarroning ta'kidlashicha, dunyo hali koronavirus pandemiyasining boshida turibdi. U bunday fikrni Britaniya parlamentining tashqi ishlar qo‘mitasi yig‘ilishida aytib o‘tgan.

Nabarroning aytishicha, hozirda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat epidemiyalar haqidagi ilmiy fantastikadagidan ham yomonroq ko‘rinish olgan. “Bu vaziyat haqiqatan ham jiddiydir – biz pandemiyaning hattoki o‘rtasida ham emasmiz. Biz hamon bu yo‘lning boshidamiz. Biz pandemiya dunyoga qanday ziyon yetkazayotganini ko‘rmoqdamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan JSST vakili va pandemiya Yevropada alohida bosqichga kirib, qaytayotganini qo‘shimcha qilgan.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, pandemiya o‘zining hozirgi “dahshatli” ko‘rinishida shunchalik nazorat ostidan chiqib ketdiki, u dunyoni nafaqat turg‘unlikka, balki ulkan iqtisodiy pasayish tomon tortmoqda. Uning aytishicha, pandemiya “nochor, to‘yib ovqat yemaydigan odamlar sonining 2 barobar ko‘payishiga, yuz millionlab kasodga uchragan kichik korxonalarga olib keladi”.

Mavzuga oid