Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Spark» bilan to‘qnashgan «Matiz» yonib ketdi
Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 17 sentabr kuni soat taxminan 18:30larda, Toshkent shahar Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, Botanika bog‘i qarshisida “Spark” va “Matiz” rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lib, “Matiz” avtomashinasida yong‘in yuzaga kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, natijada “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi hamda “Matiz” rusumli transport vositasi haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga jo‘natilgan.

“Matiz” rusumli avtomobilda yuzaga kelgan yong‘in bartaraf etilgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025