Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islom taraqqiyot banki boshqaruvchilar kengashining 46-yillik yig‘ilishi O‘zbekistonda tashkil etiladi
Bu tadbir xorijiy ishbilarmon doiralar va xalqaro hamjamiyatning e'tiborini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga va mamlakatning yaxshilanayotgan investitsiyaviy muhitiga qaratish hamda ITB guruhi bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish imkonini beradi.
Joriy yilning 22 sentabr kuni O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov videokonferensiya shaklida Islom taraqqiyot bankining (ITB) prezidenti B.Xajar bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida tomonlar pandemiya vaqtida aholini samarali muhofaza qilish, kasallangan shaxslarni o‘z vaqtida tashxislash va davolashini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash, shuningdek, global pandemiyadan keyin iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
B.Xajar ITB ixtisoslashgan klinikalar uchun tibbiyot uskunalari va materiallar xaridlarini moliyalashtirish uchun strategik tayyorgarlik va javob choralari paketining (umumiy miqdori 2,3 milliard AQSh dollarini tashkil etadi) imkoniyatlaridan foydalangan holda koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish va aholiga zarur yordam ko‘rsatishda O‘zbekistonni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Xususan, mamlakatda o‘pkani sun'iy shamollatish apparatlar ishlashi uchun markazlashtirilgan kislorod ta'minoti tizimini sotib olish maqsadida paket mablag‘larining bir qismini qayta yo‘naltirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, muzokaralar davomida 2021 yilda ITB boshqaruvchilar kengashining 46-yillik yig‘ilishini O‘zbekistonda tashkil etish va o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. Ushbu tadbir xorijiy ishbilarmon doiralar va xalqaro hamjamiyatning e'tiborini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga va mamlakatning yaxshilanayotgan investitsiyaviy muhitiga qaratish hamda ITB guruhi bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish imkonini beradi.
Muzokaralar yakunida barcha muhokama etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha birgalikda ish olib borishni faollashtirish va ITB boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
10:03 / 28.02.2022
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam aviaqatnovni yo‘lga qo‘ymoqchi
10:45 / 23.02.2022
Afg‘oniston O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi infratuzilmaviy loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi
10:36 / 22.02.2022
O‘zbekiston-Eron biznes-forumi yakunlari bo‘yicha 200 million dollarlik shartnomalar imzolandi
09:36 / 21.02.2022