Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston parlamenti spikeri shoshilinch tashrif bilan Tog‘li Qorabog‘ga keldi
Qayd etilishicha, Armaniston va Tog‘li Qorabog‘ deputatlari harbiy, siyosiy va diplomatik vaziyat bo‘yicha fikr almashgan.
Armaniston parlamenti raisi Ararat Mirzoyan boshchiligidagi delegatsiya shoshilinch tashrif bilan tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasiga bordi, deb xabar berdi Armaniston parlamenti matbuot xizmati.
"Mirzoyan tashrif doirasida hamkasbi Artur Tovmasyan bilan alohida suhbatlashdi, so‘ngra uchrashuv kengaytirilgan tarkibda davom ettirildi", - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Armaniston va Tog‘li Qorabog‘ deputatlari harbiy, siyosiy va diplomatik vaziyat bo‘yicha fikr almashgan.
Avvalroq AQSh, Rossiya va Fransiya prezidentlari - Donald Tramp, Vladimir Putin va Emmanuel Makron qo‘shma bayonotda Armaniston va Ozarboyjon rahbarlarini Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha muzokaralarni hech qanday shartlarsiz qayta boshlashga chaqirgandi.
Prezidentlar, shuningdek, Tog‘li Qorabog‘ mojarosida halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirgan.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘ nizosini bartaraf qilish bo‘yicha muzokaralarni bir tomonlama tartibda o‘tkazib bo‘lmasligini aytdi.
Mavzuga oid
21:45 / 22.04.2025
Armaniston parlamentida deputatlar janjallashib ketdi
07:43 / 21.04.2025
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionati III divizioniga chiqdi
17:09 / 26.03.2025
Armaniston parlamenti YeIga qo‘shilishni boshlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
08:23 / 22.03.2025