Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchtepa tumanidagi savdo markazida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan «Uchtepa Outlet Centre» savdo markazida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Ayni vaqtda ushbu yong‘in o‘chirilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, Uchtepa tumanining Farhod ko‘chasida joylashgan ushbu savdo markazida yong‘in chiqqani haqida soat 8:50da xabar kelib tushgan. Voqea joyiga o‘t o‘chirish xizmati xodimlari uch daqiqa ichida yetib borishgan. Soat 9:44da yong‘in o‘rab olingan, soat 9:54da butunlay o‘chirilgan.

Yong‘inni o‘chirish ishlariga 10ta maxsus texnika jalb etilgan. Yong‘in oqibatida majmuaning ichki va tom qismida 1500 kvadrat mer maydon yongan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan yoki tan jarohati olganlar borligi haqida ma'lumot yo‘q.

Mutaxassislar yong‘in sabablarini o‘rganishmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025