Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya Xitoy kompaniyalarining 5G tarmoqlari uchun mo‘ljallangan qurilmalaridan foydalanishni taqiqladi
Hukumatning bildirishicha, Shvetsiya Xitoyni mamlakat uchun eng katta tahdidlardan biri deb hisoblaydi. Stokholmning bu qaroridan raqobatchi kompaniyalar Ericsson va Nokia yutadi.
Shvetsiya hukumati mamlakat hududida 5G tarmoqlarini yaratishda Xitoyning Huawei va ZTE kompaniyalari qurilmalaridan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda CNBC yozmoqda.
Ushbu qaror 5G chastotalari uchun noyabrda bo‘lib o‘tadigan auksion arafasida qabul qilindi. Hukumatning bildirishicha, Shvetsiya Xitoyni mamlakat uchun eng katta tahdidlardan biri deb hisoblaydi. Stokholmning bu qaroridan raqobatchi kompaniyalar Ericsson va Nokia yutadi.
Shvetsiya Xitoy kompaniyalariga cheklov qo‘ygan Yevropadagi birinchi davlat emas. Avvalroq Buyuk Britaniya ana shunday qaror qabul qilgandi.
Dastlab Huawei kompaniyasiga nisbatan AQSh cheklovlar kiritgandi. Vashington Xitoy kompaniyasini maxsus xizmatlarga aloqador deb hisoblamoqda.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025