Jahon | 08:50 / 30.10.2020
5465
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda Walmart do‘konlarida qurol sotish to‘xtatildi

Dunyodagi eng yirik supermarketlar tarmog‘ini boshqaruvchi Walmart kompaniyasi rahbariyati Filadelfiyadagi tartibsizliklar ortida AQShdagi do‘konlarida o‘qotar qurol va patronlar savdosini vaqtincha to‘xtatdi.   

Foto: Bloomberg

The Wall Street Journal nashrining ma'lum qilishicha, AQShda Walmart’ning 4,7 mingga yaqin do‘koni bor va ulardan yarmida qurol sotiladi.

“Kompaniya ushbu qarorini qo‘shimcha ehtiyot choralari qabul qilishi bilan tushuntirdi. Rahbariyatda ushbu taqiqlov qachongacha amal qilishiga aniqlik kiritilmadi”, – deb aytilgan xabarda. 

26 oktyabrda Filadelfiyada politsiyalar tomonidan afroamerikalik Uolter Uolles otib tashlandi. Bu voqea shaharda ommaviy tartibsizliklar boshlanishiga sabab bo‘ldi. 29 oktyabrga o‘tar kechasi Filadelfiyada komendantlik soati kiritilgan, biroq u buzilgan. Shahar rahbariyati ma'lumotlariga ko‘ra, politsiya 40 kishini qo‘lga olgan. Ularga politsiyachilarga hujum qilish, talon-torojlik qilish, avtomobillarni olib qochish va hokimiyat vakillariga bo‘ysunmaslik ayblovlari qo‘yilmoqda. To‘qnashuvlar vaqtida 57 politsiyachi jabrlangan.   

Mavzuga oid