Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi uchun 241ta xonadon buzilishga tushgan
Toshkent shahar Olmazor tumani hududida Islom sivilizatsiyasi markazi qad rostlamoqda.
Tuman hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda markazda qurilish ishlari keng ko‘lamda davom ettirilmoqda. Mahalliy aholi Yashnobod tumanidagi Maxtumquli ko‘chasida joylashgan “Yashil bog‘” deb nom olgan turar joy majmuasida yangi qurib foydalanishga topshirilgan ko‘p qavatli uylarga ko‘chib o‘tmoqda.
Hokimlik xabarida aytilishicha, “Islom sivilizatsiyasi markazi” qurilishi uchun jami 241ta xonadon buzilishga tushgan bo‘lib, hozirga kelib ularning 237tasi buzib bo‘lingan.
Ta'kidlanishicha, Olmazor tumani hokimligi qoshida tashkil etilgan maxsus komissiya xulosasiga asosan ushbu xonadonlar egalariga uy-joylar ajratilgan.
“Hozirgi kunda qolgan 5 ta xonadon egalariga esa uy-joylarni ajratish ishlar olib borilmoqda. Yaqin kunlarda ularning uylarida ham buzilish ishlari olib boriladi. Bu jarayon 10 noyabrga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan”, – deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
19:49 / 19.05.2025
«Talabalar festivali» o‘tkazilishi sabab Olmazor tumanidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi
08:44 / 08.04.2025
Olmazor tumanida do‘kon yonib ketdi
15:38 / 13.02.2025
Olmazor tumanida ishlab chiqarish korxonasi yonib ketdi
14:00 / 08.02.2025