Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyada koronavirus sababli komendantlik soati joriy etilmoqda
Sentabr boshida Gruziya hukumati rahbari Georgiy Gaxariya mamlakatda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanganini aytgandi.
9 noyabrdan boshlab Tbilisi, Kutaisi, Batumi, Rustavi, Zugdidi, Gori va Poti shaharlarida soat 22:00dan 05:00gacha komendantlik soati joriy etiladi, deb ma'lum qildi Gruziya bosh vaziri o‘rinbosari Mayya Tskitishvili. Bu haqda Gruziyaning «Birinchi kanal» telekanali xabar berdi.
Tskitishvilining ma'lumot berishicha, «cheklovlar xalqaro avtomobil tashuvlari hamda strategik, tibbiy, farmatsevtika va ommaviy axborot vositalari obektlarida ishlaydiganlarga» nisbatan tatbiq etilmaydi.
Qoidabuzarlar 2 ming lari (593 dollar) miqdorida jarimaga tortiladi.
Sentabr boshida Gruziya hukumati rahbari Georgiy Gaxariya mamlakatda koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlanganini aytgandi.
Mamlakat operativ shtabi boshlig‘i Aleksandr Xojyevanishvilining ma'lum qilishicha, Gruziyada oxirgi sutkada 2859ta yangi holat qayd etilgan. Jami kasallanganlar soni 54,8 mingga yetgan, 441 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
23:10 / 26.10.2024
Gruziyada parlament saylovlari yakunlandi. Hukmron partiya va muxolifat o‘z g‘alabasini e’lon qildi
21:11 / 21.10.2024
«GRU» va «FSB» hakerlari Gruziya hukumati hamda kompaniyalarini kuzatib kelgan - Bloomberg
22:42 / 07.10.2024