Jahon | 23:41 / 08.11.2020
6010
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 50 milliondan oshdi

Dunyoda koronavirusga chalinish holatlari soni 8 noyabrda 50 mlndan oshdi. Bundan Jon Hopkins universiteti ma'lumotlari darak bermoqda.

Foto: AP Photo/Daniel Cole

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 50,5 mlndan oshdi, infeksiyadan 1,25 mlndan ko‘proq kishi vafot etgan. 

Koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha AQSh 1-o‘rinni egallamoqda. Bu yerda kasallanganlar soni 10,2 mlndan oshib ketdi, 243 mingdan ko‘proq kishi virus qurboni bo‘ldi. Shu bilan birga, 6,4 mlndan ko‘proq kishi infeksiyadan forig‘ bo‘lgan.   

2-o‘rinni 8,5 mlndan ko‘proq kasallanish holati bilan Hindiston egallamoqda. Mamlakatda 126 mingdan ko‘proq kishi virus qurboniga aylangan, 7,8 mlndan ko‘proq kishi sog‘ayib ketgan.

Kasallanish holatlari soni bo‘yicha 3-o‘rinni Braziliya egallamoqda. Janubiy Amerika davlatida pandemiya boshidan beri 5,6 mlndan ko‘proq kishi virusga chalingan, 162 mingdan ko‘proq kishi undan vafot etgan.

6 noyabrda JSST dunyoda rekord sondagi kunlik kasallanish holatlarini qayd qilgan - 581,6 mingta. Bungacha oktabr oyida bir necha marotaba rekord darajada kunlik kasallanish holatlari qayd qilinib kelgan.

JSSTning ogohlantirishicha, keyingi bir necha oy ichida dunyoda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat og‘ir kechadi. JSST vakili Melita Vuynovich hozirgi vaziyatni pandemiyaning eng og‘ir bosqichi deb atagan.

Mavzuga oid