Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoda pandemiya boshidan beri rekord darajada kunlik kasallanish qayd etildi
So‘nggi sutkada dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 747 ming nafarga ko‘paydi. JSSTning xabar berishicha, ayni vaqtda jami kasallanish holatlari soni 61,2 mlndan oshdi.
Bu orada Jon Hopkins universitetining ma'lum qilishicha, kasallanganlar soni 62,5 mlndan oshdi, o‘limlar soni esa 1,145 mlndan ko‘proqni tashkil qilmoqda.
JSST ma'lumotlariga ko‘ra, oxirgi kasallanish holatlarining yarmidan ko‘prog‘i Shimoliy va Janubiy Amerika mintaqasiga to‘g‘ri kelgan – 405 ming 399ta. Bu borada 2-o‘rinni Yevropa ittifoqi (236 ming 50ta), 3-o‘rinni Janubi-Sharqiy Osiyo (53 ming 82ta) egallagan.
Avvalroq JSST vakillari Yevropaning ba'zi davlatlarida Rojdestvo va Yangi yil bayramlari arafasida karantin cheklovlari yumshatilishi borasida xavotir bildirishgandi. Mutaxassislar koronavirus tarqalishini cheklovlar ushlab turganini eslatib o‘tishgan. “Hozir sa'y-harakatlar va hushyorlikni susaytirish mavridi emas”, deb aytgan JSST mutaxassisi Mariya Van Kerkxove.
Mavzuga oid
22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
17:31 / 16.04.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi
08:49 / 03.04.2025
«Yangi pandemiya dunyoda hatto ertagayoq boshlanishi mumkin» - JSST bosh direktori
14:54 / 30.03.2025