Jahon | 01:26 / 08.12.2020
8139
2 daqiqa o‘qiladi

Pandemiya bilan “tajribalar” yakunlandi: Shvetsiya qat'iy karantin kiritishga qaror qildi

Foto: EPA

Shvetsiya koronavirus tarqalishiga qarshi qat'iy karantin kiritishga qaror qildi. Mamlakat epidemiyaga qarshi ixtiyoriy choralar yordamida kurashish strategiyasidan voz kechib, qat'iy cheklovlar kiritmoqda.

Shvetsiya qat'iy cheklovlarni samara bermagan karantin tavsiyalaridan keyin kiritishga qaror qildi. Shvetsiya hukumati koronavirusga chalinganlar va undan vafot etganlar soni keskin ko‘paygani sababli ushbu qarorga kelgan.

Endilikda skandinav mamlakatida ommaviy yig‘ilishlar – 8 kishidan ko‘proq bo‘lib to‘planish taqiqlanadi. Bu esa o‘z ortidan kinoteatrlar va ko‘ngilochar maskanlar yopilishiga olib keldi. Shuningdek, spirtli ichimliklarni soat 22dan keyin sotish ham taqiqlandi. 

Bundan tashqari, oxir-oqibat maktablarni yopishga qaror qilindi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Shvetsiyada koronavirusga chalinganlar soni 278 mingdan, undan vafot etganlar soni esa 7 mingdan oshib ketdi. Vaholanki, u bilan qo‘shni davlatlar – Daniya, Norvegiya va Finlyandiyada ko‘rsatkichlar bir necha karra pastroq. 

Yoz boshida Shvetsiyaning bosh epidemiologi, mamlakatning pandemiyaga qarshi kurash modeli ortida turgan Anders Tegnell mamlakatda “qat'iyroq karantin kiritish kerakligini” tan olgandi. Keyinroq u fikrini o‘zgartirib, Shvetsiyaning koronavirusga qarshi kurash strategiyasi to‘g‘ri bo‘lganini aytgan.

3 noyabrda Shvetsiyada rekord darajada kunlik kasallanish holatlari qayd etilayotgani sababli yangi cheklovlar kiritilishi ma'lum qilingandi. Biroq mamlakatda qat'iy lokdaun kiritish haqida gap bormagan.

Mavzuga oid