Iqtisodiyot | 14:46 / 15.12.2020
29683
4 daqiqa o‘qiladi

Energetika vazirligi import qilinayotgan benzin mahalliy benzindan arzonroqligi bo‘yicha izoh berdi

Energetika vazirligi nima uchun turli avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida benzin bir narxda sotilmasligi, olib kirilayotgan benzin partiyasi esa mahalliy benzindan ba'zida arzonroq bo‘lishi mumkinligiga oid tushuntirish berdi.

Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, joriy yilning 4 aprel kuni prezidentning «Neft-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020 yil 1 maydan boshlab turli markadagi benzin va dizel yonilg‘isi chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilingan, endilikda ular birja orqali sotilmoqda.

Ta'kidlanishicha, joriy yilning 1 may kunidan boshlab xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar, jumladan AYoQShlar benzinni birja savdolari orqali sotib olmoqda, benzin narxlari turli avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida farq qilishi mumkin, chunki bu u har bir AYoQSh tomonidan qanchaga sotib olinganiga bog‘liq.  

“Shu tariqa, benzin narxining shakllanishi Energetika vazirligi yoki boshqa davlat tuzilmalariga emas, balki  ishlab chiqaruvchi (ma'lum bir neftni qayta ishlash zavodi)ning boshlang‘ich bahosi, taklif (birja savdolariga qancha benzin qo‘yilgan) va unga bo‘lgan talab (xaridorlar qancha sotib olishi)ga bog‘liq.

Qaror qabul qilinmasdan oldin O‘zbekistonda turli markadagi benzin va dizel yonilg‘isi chakana narxlari davlat tomonidan tartibga solinar edi. 1 maydan boshlab, ya'ni mazkur bozor mexanizmi joriy etilgandan buyon o‘tgan yarim yildan ortiq vaqtdan beri mahalliy neftni qayta ishlash zavodlari avtomobil benzinini faqat birja savdolari orqali sotmoqda.

Import qilingan benzin partiyalari ham savdolar orqali sotiladi va bunday benzin O‘zbekistonga olib kirilib, haqiqatdan ham savdolarga ancha past narxda qo‘yilishi mumkin. AYoQShlar bunday benzinni bu partiya tugamaguncha sotishi mumkin. Bu yerda gap bir martalik yetkazib berish va import qilinayotgan benzin yetkazib beruvchining har bir partiyaga oid kelishuvi to‘g‘risida bormoqda. Bu bozor munosabatlaridan dalolatdir, bunda xuddi shu AYoQSh tomonidan qanday benzin qanday narxda sotilishi faqat birjaga bog‘liq bo‘ladi”, - deyiladi vazirlik izohida.

Ma'lum qilinishicha, benzin va dizel yonilg‘isini sotishning bozor mexanizmi neftni qayta ishlash zavodlari va AYoQShlarga sog‘lom raqobat sharoitida faoliyat yuritish imkon beradi. Ta'kidlanganidek, hozirgi vaqtda benzin narxining oshishi yoki kamayishi ma'lum bir talab va taklifga bog‘liq. Bozor mexanizmi joriy etilganidan so‘ng, 3 mayning o‘zidayoq «O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi» AJda o‘tkazilgan savdolar savdoga qo‘yilgan benzin narxi tushganini ko‘rsatgan.

«Birja savdolarida «O‘zbekneftgaz» AJ neft bazalari, avtomobilga yonilg‘i quyish shoxobchalari va o‘z ehtiyoji uchun benzin sotib oluvchi yuridik shaxslar ishtirok etadi. Savdolar erkin, shaffof va barcha toifadagi xarid qiluvchilar uchun teng sharoitda o‘tkaziladi.

Benzin sotishning bozor mexanizmi joriy etilishi mazkur jarayonning shaffofligini kuchaytirdi», - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid