O‘zbekiston | 09:47 / 21.12.2020
18122
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda 65 yoshli erkak va uning 18 yoshli nevarasi kanalda cho‘kib ketdi

Joriy yilning 16 dekabr kuni Andijon viloyatining Baliqchi tumanida baxsiz hodisa tufayli ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Postda” xabar qilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, shu tumanda yashagan, 2002 yilda tug‘ilgan Z.K. o‘z joniga qasd qilib, uyi oldidan oqib o‘tuvchi “Qoradaryo” kanaliga o‘zini tashlagan vaqtda buni 65 yoshli bobosi ko‘rib qolgan. 

Xabarda aytilishicha, u nevarasini qutqarish uchun o‘zi ham suvga tushgan. Lekin oqim kuchliligi va suvning sovuqligi vaziyatni yanada og‘irlashtirgan. Nevaraga qo‘shilib, bobo ham cho‘kib ketgan.

Jasadlarni suvdan qidirib topish choralari ko‘rilgan. Surishtiruvni prokuratura olib bormoqda.

Mavzuga oid