Baliqchi tumanidagi bozorda yong‘in chiqdi (video)
Yong‘inni o‘chirishga viloyat FVBning 22 ta maxsus texnikalari jalb etilgan.
Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi kiyim-kechak bozorida 25 avgust kuni yong‘in chiqdi.
Kun.uz muxbirining voqea joyidan xabar berishicha, «Muhammadamin omad» MChJga qarashli savdo do‘konlaridagi yong‘inni o‘chirishga viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 16 ta yong‘in o‘chirish texnikasi va 6 ta maxsus texnika jalb etilgan.
«Yong‘in to‘liq o‘chirildi. Kuygan yoki boshqa turda jarohat olgan va qurbonlar yo‘q. Hozirda zararlarni aniqlash va hodisa oqibatida yuzaga kelgan holatlarni bartaraf etish ishlari boshlangan», — deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq avgust oyida Namangandagi Chortoq dehqon bozorida yong‘in sodir bo‘lgani, Buxorodagi savdo majmuasida esa 23 ta do‘kon yonib ketgani, iyul oyida Xiva buyum bozorida yong‘in chiqqani, Qo‘qondagi ulgurji bozorda yirik yong‘in yuz bergani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Mavzuga oid

19:31 / 18.05.2025
Hindistonda yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi

09:10 / 17.05.2025
Namangandagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi

07:49 / 16.05.2025
Toshkentda vagon ta’mirlash deposida yong‘in sodir bo‘ldi

21:56 / 15.05.2025