Jahon | 16:15 / 22.12.2020
3950
2 daqiqa o‘qiladi

COVID-19 mavsumiy grippga nisbatan sekinroq mutatsiyaga uchraydi – JSST

Avvalroq Buyuk Britaniyada koronavirusning 70 foizga yuqumli bo‘lgan mutatsiyaga uchragan shakli aniqlangandi.

Foto: Getty Images

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) vakillari koronavirus infeksiyasining mutatsiyaga uchrashi mavsumiy grippga nisbatan ancha sekin ekanligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda CNBC.

Odatda, mavsumiy gripp tez-tez mutatsiyaga uchrashi sababli olimlar aholini emlash uchun har yili yangi vaksina yaratishiga to‘g‘ri keladi.

JSST vakillarining qayd etishicha, barcha viruslar tabiiy ravishda mutatsiyalashadi, ammo har bir mutatsiya uni yanada yuqumli yoki chidamli virusga aylantirmaydi.

"SARS-CoV-grippga nisbatan ancha sekin mutatsiyaga uchraydi. Biz qator o‘zgarish va mutatsiyalarni kuzatdik, ammo hozirgacha ularning hech biri virusga qarshi foydalanilayotgan dori yoki vaksinalarga nisbatan virusning chidamliligiga sezilarli ta'sir ko‘rsatmadi, bundan keyin ham shunday bo‘lishiga umid qilamiz", - dedi JSSTning bosh ilmiy xodimi Sumya Svaminatan.

 Avvalroq Buyuk Britaniyada koronavirusning 70 foizga yuqumli bo‘lgan mutatsiyaga uchragan shakli aniqlangandi.

 JSST dasturining ijrochi direktori Mayk Rayanning qayd etishicha, "britan" virusi tez tarqaladi, bu esa uning ancha yuqumli ekani yoki sovuq havoda oson tarqalishini anglatadi.

Mavzuga oid