Sholichilikni rivojlantirish uyushmasi tashkil etiladi
Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoiti va suv ta'minotidan kelib chiqib, sholichilikda ilg‘or xorijiy tajribalarni, yuqori hosildorlikka ega bo‘lgan mahalliy va xorijiy sholi navlarini ko‘chat usulida ekishni joriy etish maqsad qilingan.

Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyatida sholi yetishtirishda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Xorazm viloyati hokimligining Sholichilikni rivojlantirish uyushmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Quyidagilar Uyushmaning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilanadi:
- sholi yetishtirishni tashkil etishda kompleks rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish, yagona ilmiy-texnik, texnologik va investitsion siyosatning amalga oshirilishiga ko‘maklashish;
- yer maydonlaridan oqilona foydalangan holda sholi uchun qulay bo‘lgan hududlarda sholi yetishtirish hajmlarini bosqichma-bosqich oshirib borish;
- sholi yetishtirish jarayonlariga xorijiy sarmoyalarni, chet ellik mutaxassislar hamda konsultantlarni faol jalb qilish, ushbu sohaga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish;
- sholi yetishtirish sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
- sholini parvarish qilishga jalb etiladigan mutaxassislarni o‘qitish uchun maxsus tayyorlov kurslarini tashkil etish;
- soha uchun mutaxassislarni tayyorlash, respublika ta'lim muassasalarida, shuningdek, xorijda ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda ishtirok etish.
Uyushma Xorazm viloyati, Urganch shahar, Al-Xorazmiy ko‘chasi 178-uy manzili bo‘yicha Xorazm viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi ma'muriy binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
Belgilab qo‘yilishicha:
- sholi maydonlarida kooperatsiya tizimini keng joriy qilgan holda, “temir daftar”, “yoshlar daftari” va “ayollar daftari”ga kiritilgan ish bilan ta'minlanmagan fuqarolarga kooperatsiyalar tashkil etib, 0,1-1,0 gektardan sholi maydonlari fuqarolarga ixtiyoriy ravishda taqsimlab beriladi;
- 2021 yildan boshlab, kooperatsiyalarga sholi maydonlarini oziqlantirish uchun talab etiladigan azotli, fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlarini ixtiyoriy ravishda birja savdolari orqali yoki mineral o‘g‘it ishlab chiqaruvchi korxonalardan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida sotib olishlari uchun ruxsat beriladi;
- yetishtirilgan sholining kafolatli bozorini ta'minlash maqsadida kooperatsiyalarga birlashgan fuqarolar tomonidan yetishtirilgan sholi hosilini viloyatdagi 4ta don korxonalari tomonidan sotib olish tizimi joriy etiladi.
Mavzuga oid

12:35 / 25.03.2025
Xorazmda Turkiya sarmoyasi ishtirokida yangi loyihalar amalga oshiriladi

13:03 / 20.03.2025
Kichik biznes uyushmasi tashkil etiladi

10:52 / 15.03.2025
Xorazm viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi

22:08 / 24.02.2025