Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada bayramni Kanar orollarida o‘tkazgan amaldor iste'foga chiqishga majbur bo‘ldi
Muxolifat pandemiya davrida muhim idora rahbarining shaxsiy maqsadlarda mamlakatni tark etishga haqqi yo‘qligini ta'kidlab, uning iste'fosini talab qildi.
Shvetsiya favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bosh direktori Dan Eliasson rojdestvo va yangi yilda Kanar orollariga safar qilgani uchun iste'foga chiqdi. U mamlakat ichki ishlar vaziri Mikael Damberg bilan uchrashuvi chog‘ida o‘zini lavozimidan ozod qilishni so‘ragan.
“Asosiy gap menda emas. Asosiysi, jamiyat pandemiyaga qarshi qanday kurashayotganida va e'tibor ana shu muhim vazifaga qaratilishi lozim. Bu qarorimning sababi, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ushbu muhim vazifani bajarishda yaxshi nomga ega bo‘lishidir. Aynan shu bois lavozimimdan bo‘shatishlarini so‘radim”, — deya boshqarma Eliassonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi.
Eliassonning mazkur safari jamoatchilikning keskin noroziligini keltirib chiqardi. Muxolifat pandemiya davrida muhim idora rahbarining shaxsiy maqsadlarda mamlakatni tark etishga haqqi yo‘qligini ta'kidlab, uning iste'fosini talab qildi.
Amaldor shuningdek, ikkiyuzlamachilikda ham ayblandi. U rahbarlik qilayotgan idora rojdestvo oldidan mamlakat aholisini cheklovlarga jiddiy qarash, turli sayohatlarga bormaslikka chaqirgandi.
Dan Eliasson favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 2018 yilda rahbar etib tayinlangandi. U bunga qadar Shvetsiya politsiyasi boshlig‘i, sug‘urta kassasi va migratsiya boshqarmalarida bosh direktor bo‘lib ishlagan.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025