Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangandagi gaz «zapravka»da navbatda turgan haydovchilardan biri vafot etdi
10 yanvarga o‘tar kechasi Namangan shahridagi «Yuksalish» mahallasi hududida joylashgan «Namangan suyuqgaz» MChJ gaz to‘ldirish shoxobchasida navbatda turgan haydovchilardan biri vafot etdi.
Kun.uz muxbiri xabar qilishicha, haydovchi gaz zapravka yaqinida «Jiguli» rusumli avtomashinasini surib harakatlantirib kelayotgan vaqtida asfaltga yiqilib jarohatlanishi oqibatida vafot etgan. Namangan viloyat prokuraturasiga hodisa haqida tungi soat 01:30da xabar kelib tushgan.
Marhum Kosonsoy tumanining «Obodon» mahallasida yashagan I.J. ekani aniqlangan.
Dastlabki tibbiy ma'lumotnomada I.J tibbiy tez yordam xizmati xodimlari yetib kelgan vaqtda vafot etib bo‘lgani qayd etilgan. Unda yuz sohasida shilinish jarohatlari borligi, tanasining boshqa qismida tan jarohatlari yo‘qligi ma'lum qilingan.
Hozirda holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
- Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi boshida O‘zbekistondagi barcha gaz zapravkalari ish vaqti cheklandi, 5 yanvardan boshlab gaz quyish shoxobchalari soat 15:00dan 05:00gacha yopiq bo‘lmoqda. Energetika vazirligi buni gazni birinchi navbatda aholi xonadonlariga yetkazib berish zarurati bilan izohlagan.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025