O‘zbekiston | 17:05 / 18.01.2021
2242
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Ar-Riyoz boshqaruv prinsiplariga qo‘shiladi

O‘zbekiston Ar-Riyoz boshqaruv prinsiplariga qo‘shilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 2021 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, BMTning voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish uchun boshqaruv prinsiplari (Ar-Riyoz boshqaruv prinsiplari) O‘zbekiston normativ-huquqiy hujjatlari va dasturiy hujjatlarida amalda va tizimli aks ettirilishini inobatga olib, unga O‘zbekistonning qo‘shilishi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish mo‘ljallanmoqda.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi xalqaro normalarni milliy qonunchilikka tatbiq etish nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2021 yil 1 avgust, ijro uchun mas'ullar - Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha vakil, Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil, manfaatdor vazirlik va idoralar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid