Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shaxsiy hayotga doir ma'lumotlar bilan bog‘liq talablarni buzganlik uchun javobgarlik belgilanadi
O‘zbekistonda shaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi qonunchilik takomillashtiriladi. Bu haqda Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida aytilgan.
O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
- “Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga shaxsiy ma'lumotlarni rasm, audio va videoyozuv ko‘rinishida olinishi, tarqatilishi (OAVning har qanday turida, ommaga ma'lum bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday shaklda), shaxsning ogohlantirishsiz amalga oshirilishi taqiqlash bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
- O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga fuqarolarning shaxsiy hayotiga doir ma'lumotlarni rasm, audio, videoyozuv ko‘rinishida egallanishi, tarqatilishi va saqlanishi bilan bog‘liq talablarni buzganlik uchun javobgarlik masalasini belgilash bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2021 yil 1 noyabr, ijro uchun mas'ullar - Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat personallashtirish markazi, Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi.
Mavzuga oid
15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi
11:45 / 31.01.2024
“Tashabbusli budjet”da “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etiladi
23:46 / 30.01.2024
Telefon so‘zlashuvlarini eshitish uchun sanksiya elektron tarzda beriladi
23:32 / 30.01.2024