Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat boshqaruvi akademiyasini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining «Koronavirus pandemiyasi sharoitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, koronavirus pandemiyasi bo‘yicha ko‘rilgan karantin chora-tadbirlari sababli 2020/2021 o‘quv yili uchun magistratura va qayta tayyorlash kurslariga qabul amalga oshirilmagan. Natijada joriy yilning sentabr–dekabr oylari davomida professor-o‘qituvchilar o‘quv yuklamasi kamaygan. Biroq Akademiya shtati tomonidan davlat organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar o‘tkazilgan.
Akademiya faoliyati uzluksizligini ta'minlash, kadrlar qo‘nimsizligining oldini olish, shuningdek ta'lim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilar nazarda tutiladi:
2021/2022 o‘quv yiliga qadar 2019/2020 o‘quv yilida shakllangan 49 ta professor-o‘qituvchilar shtat birliklarini saqlab qolish;
professor-o‘qituvchilarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni 2020 yil sentabr–dekabr oylari uchun Akademiyaning 2020 yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasidagi budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshirish;
2021/2022 o‘quv yiliga qadar – Davlat budjeti parametrlarida Akademiya uchun tasdiqlangan mablag‘lar hisobidan to‘liq moliyalashtirish.
Davlat boshqaruvi akademiyasining asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
- oliy kasbiy ta'lim dasturlari bo‘yicha davlat, xo‘jalik va jamiyat boshqaruvi sohasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- tinglovchilarda puxta bilim, tashabbuskorlik va yetakchilik sifatlarini, shuningdek tizimli tahlil qilish va strategik rejalashtirish, har qanday sharoitda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish;
- Akademiyaga biriktirilgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash borasida har yilgi maqsadli buyurtmalar portfelini shakllantirish va boshqalar.
Mavzuga oid
16:14 / 13.05.2025
Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi
19:23 / 16.08.2022
DBA rektori - akademiya faoliyati, “semirib ketgan” hukumat, majlisbozlik va xizmat mashinalari haqida
09:00 / 31.12.2020
Pandemiya sharoitida Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari qabul qilinadi
13:07 / 04.11.2020