Jamiyat | 21:01 / 29.01.2021
6230
1 daqiqa o‘qiladi
Profilaktika inspektorlari uchun xizmat uylari qurish taklif etilmoqda
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida profilaktika inspektorlarini xizmat uylari bilan ta'minlashga qaratilgan Hukumat qarori loyihasi e'lon qilindi.
Loyihada ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlarini 2021-2023 yillarda xizmat uy-joylari bilan ta'minlash choralari sifatida quyidagilar ko‘rsatilmoqda:
- ular xizmat o‘taydigan hududda joylashadigan xizmat uy-joylari (zarurat bo‘lganda shaharlarning yakka tartibdagi uy-joylarga ega bo‘lgan mahallalarida) qurish;
- shahar joylarda ko‘p qavatli uylardan kvartiralar sotib olish yoki mahalliy hokimliklar tomonidan kvartiralar va uy-joylar ajratish.
Aytish joizki, qaror loyihasida 2021–2023 yillarda ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari uchun bevosita ular xizmatni o‘taydigan hududda joylashadigan xizmat uy-joyi bilan ta'minlash dasturi ilova sifatida keltirilishi aytilgan bo‘lsa-da, loyiha matnida ushbu ilova mavjud emas.
Mavzuga oid
15:59 / 06.08.2024
Andijonda dalillarni soxtalashtirgan profilaktika inspektori qamaldi
14:01 / 19.06.2024
Qoraqalpog‘istonda profilaktika inspektori keksa fuqaroning uyi va pulini o‘zlashtirib olgani aniqlandi
18:37 / 06.06.2024
Jarqo‘rg‘onda profilaktika inspektorlari qamaldi. Ular qotilga yordam berishgan va jinoyatni yashirishgan
16:23 / 17.04.2024