Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pandemiya sharoitida Tokio Olimpiadasini o‘tkazish qoidalari e'lon qilindi
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Tokio Olimpiadasining pandemiya sharoitida o‘tkazilishi qoidalarini e'lon qildi. Ularga ko‘ra, Olimpiada vaqtida sportchilar smartfon uchun maxsus dasturdan foydalanib, unga o‘z salomatliklari haqida ma'lumotlarni kiritib turishadi.
Bundan tashqari, sportchilar Yaponiyaga kelishdan 14 kun avval koronavirusga manfiy test taqdim qilishlari, Tokioga kelgach esa ikki metrlik ijtimoiy masofaga amal qilishlari va yon-atrofdagilar bilan jismoniy aloqadan qochishlari kerak bo‘ladi. Qoidalarning buzilishi sportchining musobaqalardan chetlatilishiga olib kelishi mumkin.
Qoidalarni tuzishda XOQ, Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi va O‘yinlarning tashkiliy qo‘mitasi ishtirok etgan.
“Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilarining sog‘lig‘i va xavfsizligi ustuvor vazifamiz hisoblanadi”, deb aytgan XOQning sport direktori Kit Makkonell.
Ma'lumotlarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasining tarqalishi oldini olish maqsadida Olimpiada vaqtida sportchilarni faqatgina qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlash mumkin, hayqiriqlar va qo‘shiqlar kuylash taqiqlanadi.
XOQda ta'kidlanishicha, koronavirusga qarshi xavfsizlik choralari bayon qilinuvchi hujjatni muntazam yangilab borish rejalashtirilgan.
Avvalroq Yaponiya hukumati mamlakatda koronavirus tarqalishi yana avj olayotgani sababli Tokio Olimpiadasi bekor qilinishi haqidagi ma'lumotni rad etgandi. 2020 yilda o‘tishi kerak bo‘lgan O‘yinlar 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha o‘tishi kutilmoqda.
Shuningdek, Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga va XOQ prezidenti Tomas Bax Tokio Olimpiadasi tomoshabinlar ishtirokida o‘tishiga umid bildirgan.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
21:21 / 06.04.2025
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
20:33 / 13.01.2025