Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda tibbiyot klasteri va xorijiy OTMning filiali tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Sirdaryo viloyatida “Guliston tibbiyot klasteri” hamda xorijiy tibbiyot oliy ta'lim muassasasining filialini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qaror loyihasining asosiy maqsadi – Sirdaryo viloyatida quyidagilardan iborat bo‘lgan zamonaviy “Guliston tibbiyot klasteri”ni tashkil etish:
- bir qator viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalari negizida tashkil qilinadigan zamonaviy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi;
- Guliston tibbiyot kolleji binosi negizida tashkil etiladigan davlat tibbiyot oliygohi filiali.
Qaror loyihasi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligining Sirdaryo viloyatida “Guliston tibbiyot klasteri”ni yaratish taklifi ma'qullanmoqda.
Tarkibida bir qator viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalarini birlashtirish orqali yagona boshqaruv tizimi va diagnostika-laboratoriya xizmatiga ega bo‘lgan “Guliston tibbiyot klasteri” 2022 yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich tashkil etilishi belgilanmoqda.
Sirdaryo viloyati hokimligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi Qurilish vazirligi bilan birgalikda bosh loyihachini belgilangan tartibda aniqlashi hamda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialining hududlarida konsultativ-diagnostika, poliklinika va qo‘shimcha davolash bo‘limlari uchun tegishli binoni zamonaviy andozalarga mos tarzda qurishni ko‘zda tutuvchi loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishi belgilab berilmoqda.
Klaster hududida davlat-xususiy sheriklik yoki autsorsing asosida zamonaviy tibbiy laboratoriya xizmatlarini tashkil etish hamda shartnomada ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga bepul xizmat ko‘rsatish majburiyati belgilanishi rejalashtirilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Sirdaryo viloyati hokimligi va Turkiyaning “Sag‘liq bilimleri universitesi”ning Guliston tibbiyot kolleji negizida Turkiya Respublikasining “Sag‘liq bilimleri universitesi” filialini tashkil etish hamda tashkil etilayotgan Sirdaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini Filialning klinik bazasi sifatida belgilash to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanmoqda.
Bildirilishicha, qaror loyihasini qabul qilish va Sirdaryo viloyatida “Guliston tibbiyot klasteri”ni tashkil etish natijasida quyidagilarga erishiladi:
- aholiga ko‘rsatiladigan statsionar tibbiy yordam sifati oshiriladi;
- samarasiz faoliyat yuritayotgan bo‘g‘inlar qisqartiriladi va boshqaruv xarajatlari maqbullashtiriladi;
- yagona diagnostika-laboratoriya xizmatini tashkil qilish orqali tashxis qo‘yish samarasi oshiriladi;
- malakali tibbiyot mutaxassislari tayyorlanadi, ularning salohiyati oshirib boriladi va ilmiy malakasi amaliyotdan ajralmagan holda kuchaytirib boriladi.
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi
08:31 / 09.05.2025