«Endi ular avvalgi OAV emas» - Tanzila Norboyeva ommaviy axborot vositalari haqida
«Faol fuqarolar» umummilliy festivali ochilish marosimida so‘zga chiqqan Senat raisi Tanzila Norboyeva ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to‘xtaldi.
«Ommaviy axborot vositalari ham fuqarolik jamiyati institutlarining katta bir tarkibiy bo‘g‘ini, yo‘nalishi. Ular bugungi kunda kechagi ommaviy axborot vositalari emas.
Albatta, vaqti-vaqti bilan ularga qandaydir to‘siqlar yoki ular bilan bog‘liq muammoli masalalar vujudga kelib qolishi mumkin, lekin davlat rahbarining yuksak siyosiy irodasi – fuqarolik jamiyati institutlarining eng asosiy bo‘limlaridan bo‘lmish OAVga keng yo‘l ochib berishdir.
[…] Bugungi kunda fuqarolik jamiyati institutlari, OAV avvalgiday davlat idoralari oldida tortinib turish, qo‘rqish hissiyotidan mutlaqo xalos bo‘lgan. Bugun ular bemalol o‘z fikrlari, mavjud muammolarini rahbarlarga, parlamentga, davlat rahbariga aytish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Umuman olganda, fuqarolik jamiyati institutlari xalq va jamiyat o‘rtasida mustahkam ko‘prik bo‘lib shakllanyapti», – dedi Senat raisi.
Tanzila Norboyevaning fikricha, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga doir qonun hujjatlarini zamon talablariga moslashtirish kerak. O‘zbekistonda NNTlar soni 9 mingdan ortgan, ammo ularning hammasi ham yaxshi ishlay olmayapti.
«Kimgadir sharoit yetishmaydi, kimdir boshqa omillar sababli jamiyatda o‘z joyini topa olmayapti. Ammo o‘ylab qarasak, NNTlar bugungi kunda ham iqtisodiy sohada, ham aholi bandligi, salomatligi, ayollar, bolalar, yoshlar, ekologiya masalalari, umuman olganda, hamma sohalarda faoliyat ko‘rsatyapti.
Ularga o‘z o‘rinlarini topishi uchun, rivojlanishlari uchun hali juda ko‘p yordam berishimiz kerak», – dedi u.
Mavzuga oid
20:31 / 27.10.2024
Tanzila Norboyeva nabirasi bilan birga saylovda ovoz berdi
16:50 / 25.10.2024
Senat raisi YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
16:33 / 25.10.2024
Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo assambleyasi delegatsiyasini qabul qildi
15:55 / 24.10.2024