O‘zbekiston | 12:00 / 09.02.2021
5153
3 daqiqa o‘qiladi

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ: Transformatsiya jarayonlari uchun xalqaro konsalting kompaniyasi vakillari jalb etildi

2021 yil 8 fevral kuni «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyev hamda McKinsey & Company xalqaro konsalting kompaniyasi vakillari o‘rtasida muzokara o‘tkazildi.

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda davlat kompaniyalarini transformatsiya qilishni jadallashtirish zarurligi, ayniqsa elektr energetikasi, neft-gaz va kimyo sanoati, mashinasozlikdagi yirik korxonalarni isloh qilishga xalqaro tan olingan kompaniyalar jalb etilishi muhimligi alohida ta'kidlab o‘tilgan edi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan Murojaatnomada belgilangan vazifalar, xususan, elektr energetikasi tizimini yanada isloh qilish orqali aholi, ijtimoiy soha obektlari va iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash, shuningdek, jamiyat va uning tarkibidagi korxonalarda boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish (ERP) tizimini joriy etish, elektr energiyasini taqsimlash va sotish jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirish hamda SMART GRID – aqlli tarmoq tizimini yaratish, moliyaviy hisobotlarni halqaro standartlar asosida shakllantirish hamda bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish maqsadida McKinsey & Company xalqaro konsalting kompaniyasi vakillari ishtirokida tahlil ishlari boshlab yuborildi.

Muzokaralar davomida U.Mustafoyev aksiyadorlik jamiyati tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarish uchun tizimni chuqur tahlildan o‘tkazish va tizimli kamchiliklarni aniqlash orqali xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib o‘tdi.

O‘z navbatida, xalqaro kompaniya vakillari «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ rahbariyatiga hamkorlik hamda tahliliy jarayonlarda yaratib berilgan shart-sharoitlar uchun samimiy minnatdorlik bildirib, McKinsey & Company tomonidan taklif, tavsiya va yakuniy hisobotlar asosida tegishli xulosalar ishlab chiqilishiga kelishib oldilar.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati

Mavzuga oid