Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada «MAN» haydovchisi uxlab qolishi oqibatida YTH sodir bo‘ldi, qurbonlar bor
Joriy yilning 21 fevral kuni soat 06:40larda fuqaro S.A. Yozyovon tumani Yangibo‘ston mahallasi hududida “MAN Trailer” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib uxlab qolgan.
Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u rul boshqaruvini yo‘qotib, avtomashinani chap tomonga burib yuborishi tufayli o‘zi bilan bir yo‘nalishda orqa tomonida harakatlanib kelayotgan, U.I. boshqaruvidagi “Nexia-2” avtomashinasining yo‘liga ko‘ndalang turib qolib to‘qnashib ketgan. Oqibatda “Nexia-2” avtomashinasidagi yo‘lovchilar - Q.M. va voyaga yetmagan K.A. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.
Bundan tashqari, “Nexia-2” avtomashinasi yo‘lovchisi T.M. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.


Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024