Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Gruziya muxolifatini g‘alabagacha olib borishni va'da qildi
Avvalroq "Demokratik harakat – yagona Gruziya" muxolif partiyasi yetakchisi Nino Burjanadze hukumat mamlakatni diktatura tomon olib ketayotganligini aytgandi.
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Tbilisida “Yagona milliy harakat” muxolif partiyasi yetakchisi Nikanor Meliyaning qo‘lga olinishiga norozilik bildirdi.
“Bugun sodir bo‘layotganlar – genotsid, Ivanishvili (Gruziyaning sobiq bosh vaziri, milliarder Bidzina Ivanishvili) va uning atrofidagilarning dushmanlarimiz manfaati uchun mamlakatimizni butunlay vayron qilish istagi”, - dedi u.
Saakashvili "biz kurashni albatta oxirigacha davom ettiramiz, ammo bu og‘ir kurash bo‘ladi”, deb ta'kidladi.
Avvalroq "Demokratik harakat – yagona Gruziya" muxolif partiyasi yetakchisi Nino Burjanadze hukumat mamlakatni diktatura tomon olib ketayotganligini aytgandi.
“Yagona milliy harakat” muxolif partiyasi yetakchisi Nikanor Meliya seshanba kuni Tbilisidagi ofisida qo‘lga olindi. Partiya ofisidan kompyuter serverlari musodara qilingan.
Mavzuga oid
21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
16:13 / 17.03.2025
Saakashvili yana 4,5 yillik qamoq jazosini oldi
12:30 / 12.03.2025
Saakashviliga 9 yil qamoq jazosi berildi
21:03 / 25.11.2024