Jamiyat | 15:31 / 26.02.2021
1902
2 daqiqa o‘qiladi

Mart oyida Toshkentda yoshlarga oid keng miqyosdagi tadbir o‘tkaziladi

Kelayotgan bahor Toshkentda yoshlarga oid keng miqyosdagi harakat bilan boshlanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus g‘oyasi doirasida start oladigan harakat poytaxt yoshlarini keng qamrab olishga xizmat qiladi.

Tadbir tashkilotchisi bo‘lgan Toshkent shahar hokimligi yoshlarning bu harakatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 37,5 ming kvadrat metr hududda maxsus dekoratsiyalardan iborat shahar ichidagi shahar barpo etilishini ma'lum qilgan.

Tashkilotchilar yigit va qizlar uchun turfa uchrashuvlar, tanlovlar, ijodiy kechalar va sport musobaqalari o‘tkazilishi rejalashtirilganini ma'lum qilishgan.

  • Besh tashabbus – bu san'at va madaniyat, sport, axborot texnologiyalari, kitobxonlik sohalarida iqtidorli yoshlarni kashf qilish, shuningdek, yoshlar bandligiga ko‘maklashish va tadbirkorlikni rivojlantirish.

Keng miqyosdagi tadbirda qatnashgan ishtirokchilar O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan xabardor bo‘lish bilan birgalikda o‘zlarini namoyon etish, ijodiy va sportdagi yutuqlarini ko‘rsatish, intellektual ringda bahsga kirishish imkoniga ega bo‘lishadi.

Bu tadbir Toshkentdagi yoshlarning madaniy va sport hayoti yorqin va rang-barang bo‘lishiga xizmat qiladi. Bu tadbir auditoriya qamrovi, mavzusi va taklif qilingan mehmonlar nuqtayi nazaridan yagona bo‘lishi kutilmoqda.

Yoshlar maydonchasi barcha soha mutaxassislarini birlashtiradi va bu professional sohada aloqalarni yaxshilash hamda bugungi muhokamalar kun tartibida bo‘lgan eng dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashish uchun zo‘r imkoniyat bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

9 mart kuni ishtirokchilarni ro‘yxatga olish boshlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid