Jamiyat | 18:04 / 27.02.2021
5292
2 daqiqa o‘qiladi

Quyi Chirchiqda tikuvchilikni o‘rgatish uchun ajratilgan 282,4 mln so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi 

Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida fuqarolarni maxsus kursda o‘qitish uchun ajratilgan mablag‘ni o‘zlashtirgan jamiyat rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Illyustrativ foto

Qayd etilishicha, tumandagi 81 nafar fuqaroni tikuvchilik faoliyati bo‘yicha maxsus kursda o‘qitish uchun xususiy firmaga 282,4 mln so‘m ajratiladi. Biroq bu pullar xotin-qizlarning hunar o‘rganishi uchun yo‘naltirilmaydi. Jamiyat rahbari va Quyi Chirchiq tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi mas'ul shaxslari aslida malaka oshirmagan fuqarolar nomiga soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, budjet mablag‘larini talon-toroj qilishadi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 228-moddasi 1 va 3-qismlari (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari o‘tkazilayotgani ma'lum qilingan.

Buxoro viloyatida 7 ta tumanda 492 ta yaratilmagan ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilgan

«Yoshlar-kelajagimiz» davlat dasturi doirasida yana bir holatda 1 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ talon-toroj qilindi

Andijonda banklar tomonidan ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Жамшид Ниёзов
Tayyorlagan Жамшид Ниёзов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid