Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyat hokimligi: Quyi Chirchiqdagi tadbirkor muammosi yuzasidan ichki tekshiruv boshlandi
Quyi Chirchiqda kam ta'minlangan oilalarni uy-joy bilan ta'minlash uchun ajratilgan binoni ta'mirlayotgan tadbirkorga hokimlik pul bermayotgani holati yuzasidan viloyat hokimi v.b. Davron Hidoyatov boshchiligida ishchi guruhi tuzilib, ichki tekshiruv boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lum qildi.
Joriy yilning 15 mart kuni Kun.uz saytida «Quyi Chirchiqda muhtojlarga uy qurgan tadbirkorni «chuv tushirishmoqchi». Hokimning «o‘yinchi» o‘rinbosaridan kutilmagan munosabat» sarlavhali tanqidiy maqola e'lon qilindi.
Unda kam ta'minlangan oilalar uchun uy-joy qurgan quruvchiga hokimlik va'da qilgan pul berilmayotgani, natijada aholi uysiz, qurilishda ishlagan ishchilar daromadsiz, tadbirkor esa inqiroz yoqasida qolayotgani haqida so‘z yuritilgan.
Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, mazkur holat yuzasidan viloyat hokimligi rasmiy munosabat bildirdi. Unda viloyat hokimi v.b. Davron Hidoyatov boshchiligida ishchi guruh tuzilib, ichki tekshiruv boshlangani ma'lum qilingan.
«Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi v.b. Davron Hidoyatov boshchiligida ishchi guruhi tuzilib, ichki tekshiruv boshlandi. Surishtiruv yakuniga yetgach, natijasi haqida qo‘shimcha axborot beriladi.
Viloyatimizdagi muammolarga befarq bo‘lmay, ularni yoritish va yechim topishda faollik ko‘rsatayotgan Kun.uz jamoasiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz», deyiladi rasmiy bayonotda.
Mavzuga oid
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
20:52 / 20.05.2025
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi
09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi
17:02 / 15.05.2025