Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AstraZeneca vaksinasi bilan emlangandan so‘ng paydo bo‘ladigan yangi nojo‘ya ta'sir haqida ma'lum qilindi
Anders Tegnellning aytishicha, qon ketishi emlangandan bir-ikki hafta o‘tgach boshlanadi va bu hozircha Yevropada 10-15 kishida kuzatilgan.
Shvetsiyaning bosh epidemiologi Anders Tegnell AstraZeneca vaksinasi nafaqat tromboz, balki qon ketishiga ham sabab bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda SVT telekanali xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, trombozdan boshqa simptomlar haqida bir nechta xabar kelib tushgan.
Tegnellning aytishicha, qon ketishi emlangandan bir-ikki hafta o‘tgach boshlanadi va bu hozircha Yevropada 10-15 kishida kuzatilgan.
"Bu yoshlar o‘rtasida uchragan anchagina jiddiy nojo‘ya ta'sir. Hozircha vaksina va simptomlar orasidagi sabab-oqibat bog‘liqligini aniqlash imkoni bo‘lmadi", - dedi u.
Tegnellning qo‘shimcha qilishicha, Shvetsiya emlashni to‘xtatib turishga majbur.
Avvalroq tromblar hosil bo‘lishi to‘g‘risidagi xabarlardan so‘ng Yevropaning qator davlatlarida AstraZeneca vaksinasi bilan emlash to‘xtatilgandi.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
21:20 / 10.05.2025
Shvetsiya elektromobillarni quvvatlantiradigan yo‘llarni quradi
22:46 / 03.05.2025