O‘zbekistonning 7 hududida yangi kasallanish holatlari aniqlandi
17 mart kuni O‘zbekistonning 7 hududida yana 113 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi va jami holatlar soni 80 ming 971tani tashkil etmoqda.
SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining:
- 6 nafari Buxoro viloyatida,
- 1 nafari Jizzax viloyatida,
- 1 nafari Samarqand viloyatida,
- 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 2 nafari Xorazm viloyatida,
- 8 nafari Toshkent viloyatida,
- 93 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda bir kunda kamida 7 hududda yangi kasallanish holatlari qayd etilishi fevral oyi o‘rtalaridan beri ilk marta kuzatilmoqda. 19 fevral kuni Andijon (+3), Jizzax (+1), Namangan (+1), Sirdaryo (+2), Farg‘ona (+3), Xorazm (+1), Toshkent viloyati (+2) va Toshkent shahrida (+21) - jami 8 hududda kasallanish holatlari qayd etilgandi.
17 mart kuni kun davomida Toshkent viloyatida 7 nafar, Toshkent shahrida 76 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 79533 (+83) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 816 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 141 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi
10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi
11:15 / 02.12.2022