O‘zbekiston | 11:15 / 19.03.2021
11176
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Toshkentda bir kunda 99 kishida koronavirus aniqlandi

18 mart kuni O‘zbekistonning 8 hududida 124 kishida koronavirus aniqlandi. O‘tgan kun davomida Toshkentda 99 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.

18 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 124 nafarga oshib, 81 ming 95 nafarni tashkil etmoqda. 

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari  Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 1 nafari  Andijon viloyatida,
  • 5 nafari  Buxoro viloyatida,
  • 1 nafari Sirdaryo  viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 13 nafari Toshkent viloyatida,
  • 99 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Qayd etish kerakki, bu 2020 yil dekabridan buyon kunlik o‘sish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich. Shuningdek, bir kunda respublikaning 8 hududida yangi kasallanish holatlari qayd etilishi fevral oyi o‘rtalaridan beri kuzatilmagandi.

Kecha kun davomida respublikaning besh hududida jami 98 bemor kasallikdan tuzatib chiqqan va jami tuzalganlar soni 79 ming 631 nafarga yetgan.

  • Andijon viloyatida 7 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
  • Xorazm viloyatida 5 nafar,
  • Toshkent viloyatida 7 nafar,
  • Toshkent shahrida 78 nafar.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 842 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 141 nafari og‘ir, 23 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid