Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Syorfchi Olimpiada saralash musobaqalariga tayyorlanayotganda chaqmoq urishidan halok bo‘ldi
Salvadorlik syorfchi Ketrin Dias Ernandes mashg‘ulot vaqtida chaqmoq urishidan halok bo‘ldi. 22 yoshli sportchi Tokio Olimpiadasi saralash musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lgan.
Dario El Salvador nashrining xabar berishicha, voqea Salvadorning El-Tunko shahrida yuz bergan. Sportchi suvdan chiqayotganda uni chaqmoq urgan.
Ernandes professional syorfchi va Salvador syorfing federatsiyasi prezidenti Xose Diasning singlisi bo‘lgan.
Marhuma syorfchilar milliy reytingida 3-o‘rinni egallagan.
Syorfing sport turini Olimpiada dasturiga kiritish haqidagi qaror Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining 2016 yil avgustda o‘tgan 129-sessiyasida qabul qilingandi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
18:24 / 04.11.2024