Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada Olimpiya mash'alasi estafetasi start oldi
25 mart kuni Yaponiyaning Fukusima prefekturasidagi J-Village stadionida Olimpiya mash'ali estafetasi start oldi. Estafeta 121 kun davom etadi va unda 10 mingga yaqin odam ishtirok etadi.
Estafetani yaponiyalik sobiq ayol futbolchi Azusa Ivasimidzu boshlab berdi. U Yaponiya terma jamoasi uchun 2006-2016 yillarda to‘p surgan.
Estafeta Yaponiyaning barcha 47 prefekturasida 23 iyulda Tokio Olimpiadasi ochilishigacha davom etadi.
Estafeta oldidan tashkillashtirilgan dasturda yapon o‘quvchilari xori Yaponiyada 2011 yil martida yuz bergan vayronkor zilzila va sunamidan jabrlanganlarga bag‘ishlangan Hana wa saku (Gullar ochiladi) qo‘shig‘ini ijro etishgan. So‘ngra sahnaga Gretsiyadan keltirilgan Olimpiya alangasi olib chiqilgan va undan mash'alalar yoqilgan.
Estafeta pandemiya sharoitida o‘tayotgani sababli barcha ishtirokchilarga Olimpiada tashkiliy qo‘mitasining 10ga yaqin xodimi xavfsiz masofada hamrohlik qilmoqda.
“Biz koronavirusga qarshi barcha choralarni ko‘ramiz va xavfsiz O‘yinlarni o‘tkazamiz. Bu muqaddas olov odamlar yuraklarini birdamlikka olib keladi”, deb aytgan Yaponiyaning Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari vaziri Tamaye Marukava.
Tokio Olimpiadasini 23 iyuldan 8 avgustgacha o‘tkazish rejalashtirilgan. Olimpiada pandemiya sababli ilk bor tomoshabinlarsiz o‘tadi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
20:31 / 20.09.2024