Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlar va ularga ish beruvchilar majburiy elektron ro‘yxatdan o‘tkaziladi
Rossiya IIVning ma'lumot berishicha, joriy yilning ikki oyi davomida 1 mln 84 ming kishi migratsion ro‘yxatga olingan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravarga kam.
Rossiyada xorijlik ishchilar va ularga ish beruvchilar elektron reyestrda ro‘yxatdan o‘tishi majburiy bo‘ladi.
Xabar qilinishicha, hozirda Rossiya IIV bu masala bo‘yicha tegishli qonun loyihasini ishlab chiqmoqda.
«Tegishli reyestrda qayd etilganidan keyingina xorij fuqarolari ishlay olishi, ish beruvchilar esa ularni ishga jalb eta olishi mumkin bo‘ladi», – dedi Rossiya IIV vakili.
Qayd etilishicha, mazkur qonun loyihasini tayyorlashda manfaatdor idoralar ishtirok etmoqda, hujjat ekspertlar va biznes hamjamiyatlari tomonidan muhokama qilinmoqda.
Rossiya IIVning ma'lumot berishicha, joriy yilning ikki oyi davomida 1 mln 84 ming kishi migratsion ro‘yxatga olingan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravarga kam. Shuningdek, yil boshidan buyon 112 300ta patent rasmiylashtirilgan, bir yil ilgari bu raqam 204 mingtani tashkil etgan.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025