Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda haydovchi «rul»da uxlab qolib YTH sodir etdi. Bir nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi

Foto: IIB YHXB Axborot xizmati
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Haydovchi mashina boshqarib kelayotib, uxlab qolgan. Oqibatda uning yonida bo‘lgan yo‘lovchi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2021 yil 26 mart kuni soat taxminan 6:30 lar atrofida M41 Termiz-Dushanbe-Bishkek xalqaro avtomobil yo‘lining Sho‘rchi tumani Solijon bobo mahallasidan o‘tgan 1 517 kilometrida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.
Ma'lum bo‘lishicha, Sho‘rchi tumani Oqtumshuq mahallasida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan shaxs otasiga tegishli, davlat raqami 75 U 659 HA bo‘lgan «Neksiya» mashinasini Termiz-Denov yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib kelayotib uxlab qolgan. Oqibatda «Neksiya» yo‘lning chap tomoniga chiqib ketgan va beton devorga urilgan.
Mazkur yo‘l-transport hodisasida haydovchi jiddiy tan jarohatlari olgan. «Neksiya»da yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1995 yilda tug‘ilgan, Sho‘rchi tumani Oqtumshuq mahallasida yashovchi shaxs esa og‘ir tan jarohatlari olgan va shifoxonada zarur tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvlarda, haydovchi bir sutkadan oshiqroq vaqt mobaynida uxlamasdan mashina boshqargani, buning ustiga tajribasi ham yetarli emasligi aniqlangan.
Mavzuga oid

15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi

11:03 / 02.05.2025
Surxondaryoda YPX xodimiga kuch ishlatgan 3 kishi ushlandi

21:44 / 04.04.2025
“Gulzor qilib qo‘ygandi, endi u yo‘q” – Surxondaryoda 200 tup daraxt yo‘q qilingani aytilmoqda

16:33 / 12.03.2025