Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadan Istanbulga ilk parvoz amalga oshirildi
31 martdan boshlab «Farg‘ona – Istanbul – Farg‘ona» yo‘nalishida aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi. Muntazam reyslar chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
31 mart kuni soat 8:50da Uzbekistan Airways'ning HY277 raqamli reysi Farg‘ona xalqaro aeroportidan Turkiyaning Istanbul shahriga qarab samoga ko‘tarildi.
132 nafar yo‘lovchini o‘z bag‘riga olgan Airbus A320 Neo uchog‘i 5 soat 40 minutda Istanbul xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
Farg‘ona xalqaro aeroporti Tashishni tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Erkinjon Obidovning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, endilikda «Farg‘ona – Istanbul – Farg‘ona» reysi haftada ikki marta – chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Shu kunlari parvozni amalga oshirgan samolyot tushdan so‘ng Istanbuldan Farg‘onaga HY278 raqamli reys bilan qaytib keladi.
31 mart holatiga, chipta narxi bir tomonga 2 877 040 so‘mdan boshlanadi. Borish va qaytish chiptasining eng arzoni 4 198 256 so‘m etib belgilangan. Narxlar o‘zgarib turishi mumkin.
Erkinjon Obidovga ko‘ra, 28 martdan boshlab Farg‘onadan Samarqand shahriga haftasiga 7 marta aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Yaqin kelajakda esa Buxoro, Termiz viloyatlari hamda Dubay va Seul shaharlariga ham to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnovlar yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Toshkent – Andijon – Toshkent» yo‘nalishidagi aviaqatnov ikki yarim yillik tanaffusdan so‘ng, 6 apreldan boshlab qayta yo‘lga qo‘yilmoqda.
Mavzuga oid
15:02 / 23.05.2025
Istanbulda O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish masalasi muhokama qilindi
19:10 / 17.05.2025
Istanbul aeroportida tanasiga oltin yashirgan o‘zbekistonlik ayollar ushlandi
13:33 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
18:23 / 16.05.2025