Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST AstraZeneca vaksinasi va tromboz hosil bo‘lishi orasida bog‘liqlik borligini tasdiqlamadi
JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, tashkilot ekspertlari vaksinaning foydasi uning xatariga nisbatan yuqoriroq deb hisoblaydi. U JSST bu xulosasidan voz kechishi uchun hozircha asos yo‘qligini aytdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hozircha AstraZeneca vaksinasi va tromboz hosil bo‘lishi orasida bog‘liqlik borligini ko‘rmadi. Bu haqda JSST vakili Rojyeriu Pintu de Sa Gaspar ma'lum qildi.
«Hozircha vaksina va trombotik holatlar yoki trombotsitopeniya orasida bog‘liqlik yo‘q»,— dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot ekspertlari vaksinaning foydasi uning xatariga nisbatan yuqoriroq deb hisoblaydi. Gaspar JSST bu xulosasidan voz kechishi uchun hozircha asos yo‘qligini aytdi.
Bir nechta mamlakat emlashdan keyin tromboz hosil bo‘lishi holatlari yuz berganidan so‘ng AstraZeneca vaksinasidan foydalanishdan voz kechgandi. 30 mart kuni AstraZeneca vaksinasi nomi Vaxzevria deb o‘zgartirildi.
Mavzuga oid
22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
17:31 / 16.04.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi
08:49 / 03.04.2025
«Yangi pandemiya dunyoda hatto ertagayoq boshlanishi mumkin» - JSST bosh direktori
14:54 / 30.03.2025