Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzorda oziq-ovqat do‘koni va tikuvchilik sexida yong‘in sodir bo‘ldi
Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi ikki obektda yong‘in kelib chiqdi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berishicha, 9 aprel kuni soat 18:49da Toshkent shahar Chilonzor tumani Navbahor ko‘chasi «Charxi Komolon» MFY hududidagi oziq-ovqat do‘koni va tikuvchilik sexida yong‘in kelib chiqqan.
Hodisa yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 18:55 da voqea joyiga yetib borgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in 19:14da o‘rab olinib, 19:25da to‘liq bartaraf etildi.
Yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025