O‘zbekiston | 10:07 / 10.04.2021
11693
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Shifoxonalarda davolanayotgan bemorlar soni 1500dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda yana 195 kishida koronavirus qayd etilgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 9 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 84724 (+195) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 1 nafari Andijon viloyatida,
  • 3 nafari Buxoro viloyatida,
  • 2 nafari Jizzax viloyatida,
  • 3 nafari Namangan viloyatida,
  • 19 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida, 
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 23 nafari Toshkent viloyatida,
  • 134 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar,
  • Buxoro viloyatida 7 nafar,
  • Jizzax viloyatida 4 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 2 nafar,
  • Xorazm viloyatida 8 nafar,
  • Toshkent viloyatida 21 nafar,
  • Toshkent shahrida 125 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 82586 (+171) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni 1504 nafarni tashkil etmoqda, shundan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid