Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda Polsha universiteti filiali ochiladi
Andijon viloyatida "Collegium Humanum" Varshava universitetining filiali ochiladi. Mazkur yo‘nalishda Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Filial o‘z kampusini tashkil etguniga qadar Andijon viloyati, Asaka tumani, "Zarbdor" QFY, Ergashobod ko‘chasi, 47-uy manzilida joylashgan Asaka agrotexnologiyalar texnikumi (sobiq Asaka oziq-ovqat texnologiyasi va sanoat kolleji) binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
Filial nodavlat oliy ta'lim tashkiloti hisoblanib, o‘qitish 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanib, kunduzgi ta'lim shaklida, ingliz, rus va o‘zbek tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Filialda dastlabki bosqichda quyidagi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabul qilinadi:
- “Moliya va buxgalteriya hisobi”;
- “Transport va logistikada menejment”;
- “Xalqaro biznes va marketing”;
- “Turizm, mehmonxona ishi va umumiy ovqatlanishda menejment va marketing”;
- “Kichik va o‘rta biznesni boshqarish”;
- “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari”.
Ushbu filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ta'lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.
Har yilgi qabul parametrlarining 10 foizidan kam bo‘lmagan qismi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli farzandlari orasidan tanlov asosida abituriyentlarni (Filial granti asosida) o‘qishga qabul qilish uchun ajratiladi.
Shuningdek, iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan talabalarga to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan 50 foizgacha chegirma beriladi.
Filialda ta'lim berish uchun malakali xorijiy professor-o‘qituvchilar Polsha Respublikasi va Yevropaning boshqa davlatlaridan jalb qilinadi.
Avvalroq, Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etilganligi haqida xabar bergan edik.
Mavzuga oid
16:07 / 16.04.2025
«Andijon turmasi» shahar tashqarisiga ko‘chiriladi - prezident
13:40 / 16.04.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarada erkin savdo zonalari tashkil etishni rejalashtirmoqda
11:47 / 23.02.2025
Andijonda 11 yil avval sodir etilgan jinoyat fosh etildi
17:09 / 25.01.2025